O’zbekiston Farmatsevt Talabalar Assotsiatsiyasi a’zolari O’zbekiston tibbiyot oliy o’quv yurtlari talabalarining assosiatsiyasining ta’sis anjumanida ishtirok etdilar

22.10.2019, 22:41 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1817

O’zbekiston Farmatsevt Talabalar Assotsiatsiyasi a’zolari O’zbekiston tibbiyot oliy o’quv yurtlari talabalarining assosiatsiyasining  ta’sis anjumanida ishtirok etishdi.

🇺🇿 22-oktabr kuni O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi va O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi muassisligida tuzilgan O’zbekiston tibbiyot oliy o’quv yurtlari talabalarining assosiatsiyasining  (Uzbekistan Medical Students Association) ta’sis anjumani bo’lib o’tdi.

 Ta’sis anjumanida O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Alisher Sa’dullayev va tibbiyot oliy ta’lim muassasalari rektorlari bo’lajak shifokorlar va farmatsevtlarni tabriklab, ularga rasmiy guvohnoma topshirdi. 

Anjumanda O’zbekiston Farmatsevt Talabalar Assotsiatsiyasi raisi Usmonova Maftuna assossiatsiyaning farmatsevtika yo’nalishi bo’yicha rejalashtirilgan loyihalar to’g’risida ma’lumot berdi.

 

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova