Farmatsiya fakulteti 3-bosqich 306 A guruh talabalari guruh murabbiysi Ashurova Nigora Xayitovna boshchiligida Oq saroy majmuasiga tashrif buyurdi

22.10.2019, 11:07 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1646

Institut talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada shakllantirish maqsadida farmatsiya fakulteti 3-bosqich 306 A guruh talabalari guruh murabbiysi Ashurova Nigora Xayitovna boshchiligida Oq saroy majmuasiga tashrif buyurildi. Tashrif jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan amalga oshirilgan ishlar, yurt ravnaqiga qo‘shgan ulkan hissasi, buyuk siyosiy arbob hayoti va faoliyati xususida ma’lumotlar berildi. Talabalar O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov muzeyi bilan yaqindan tanishib chiqishdi.