Tibbiy va biologik fanlar kafedrasida professor-o’qituvchilari orasida sog‘lom turmush tarzini olib borish maksadida o‘tkazilgan “Sport salomatlik garovi” shiori ostida “Do‘stlik sportakiadasi” musobaqasi

21.10.2019, 16:37 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1790

O‘zR Prezidenti Sh.M. Mirziyoev rahbarligida 2019-yil 4-sentabrda o‘tkazilgan 36-sonli videoselektor majlisining bayoni, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 20-sentabrdagi 842 – sonli buyrug‘i va Toshkent farmatsevtika institutining 2019-yil 23-sentabrdagi 807-sonli buyrug‘larida belgilangan vazifalar hamda ta’lim muassasalaridagi sport inshoatlari quvvatlaridan samarali foydalanish, shuningdek, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga muntazam jalb etish choralarini kuchaytirish maqsadida Toshkent farmatsevtika institutida 10-14-oktabr kunlari  sportning “Shaxmat”, “Stol tennis”,  “Badminton” va “Voleybol” sport  turlari bo‘yicha o‘tkazilgan saralash  musobaqa natijalariga ko‘ra Shaxmat sport turi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida g‘oliblikni DTT kafedrasi assistenti Jalilov O‘., ayollar o‘rtasida esa g‘oliblikni DVST kafedrasi f.f.n.dotsenti  Tadjieva A.D. qo‘lga kirdi.  Stol tennisi bo‘yicha ayollar o‘rtasida g‘oliblikni DVSS kafedrasi dotsenti esa Iminova I.M., erkaklar o‘rtasida FITQ kafedrasi dotsenti Bekchanov H.K.  g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Badminton sport turi bo‘yicha ayollar o‘rtasida g‘oliblikni   Toksikologik kimyo kafedrasi f.f.n.dotsent Zulfiqorieva D.A., erkaklar o‘rtasida DVST assistent kafedrasi assistenti Nomozov F.Sh. qo‘lga kiritdi. Voleybol bo‘yicha ikkta fakultetlar o‘rtasida keskin baxslardan so‘ng 1-o‘rinni sanoat farmatsiya fakultetiga qarashli terma jamoa vakillari g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar va shahar bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

     

     

     

Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi