OTM talabalari o’rtasida o’tqazilgan Annotatsiya mahorati” tanlovida institutimiz talabasi Faxriy yorliq bilan taqdirlandi

21.10.2019, 15:19 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1781

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishining 2019-yil 12-oktabrda “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan oliy ta’lim tizimida beshta muhim tashabbus doirasida “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida Respublika talaba-yoshlar festivalini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 1-son bayonida (15.10.2019 y,  01-14/1-2330) belgilangan vazifalar ijrosi, shuningdek, talaba-yoshlarning beshta muhim tashabbus doirasida o‘z iqtidorini namoyon etishlari uchun imkoniyat yaratish, yoshlarning dunyoqarashi va fikrlash doirasini yanada kengaytirish, ularning barkamol shaxs bo‘lib, jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlari hamda o‘zlari qiziqqan sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishlarida ko‘maklashish maqsadida 17-19 oktabr kunlari “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida Respublika talaba-yoshlar festivali  bo‘lib o‘tdi. Mazkur festivalda Toshkent farmasevtika instituti talaba yoshlari ham faol ishtirok etdilar. Festival doirasida o‘tkazilgan “Annotatsiya mahorati” tanlovida Toshkent farmatsevtika instituti magistratura  1-bosqich talabasi Abduxoliqova Nargiza faol ishtirok etib, saralash bosqichida bshtirok etish huquqini qo’lga kiritdi. Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Faxriy yorliq taqdim etildi.

Institut  matbuot kotibi N.L.Usmanova