Institut talabalari o‘rtasida “QVZ” tashkil etildi

21.10.2019, 15:05 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1705

Yoshlarning kundalik hayotini foydali mazmun bilan to‘ldirishga qaratilgan Sirdaryo viloyati tajribasini keng joriy etish maqsadida “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini  mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus”ni Toshkent farmatsevtika instituti talaba-yoshlariga qo‘llash bo‘yicha talabalar o‘rtasida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Shular qatoridan 1-tashabbus: Talabalarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish yo‘nalishi ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 19 oktabr kuni institut badiiy to‘garak rahbari N.E.Yusupova hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi instimtut BT yetakchisi F.Sh.Namozov tashabbasi bilan institutning iqtidorli talabalari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi joriy etildi. Tanlovda “QVZ” va teatr-studiyasi jamoasi a’zolari faol ishtirok etdi. Unga ko‘ra “Yosh farmatsevtlar”, “Tanilmagan talantlar” jamoalari o‘zaro bellashdilar. Teatr studiyaning “Yosh farmatsevtlar” jamoasi tomonidan “Bobur ijodi”ga bag‘ishlangan parcha namoyish etildi. Tanlov shartlariga ko‘ra Hakamlar hay’ati talabalarning chiqishlari baholandi va tadbirda faol ishtirok etgan jamoaga diplomlar taqdim etildi.

     

     

     

Institut  matbuot kotibi N.L.Usmanova