Farmakognoziya va dori vositalarini standartlash kafedrasi tashabbusi bilan tinglovchilar o‘rtasida «5 tashabbus amalda» mavzusida davra suhbati tashkil etildi

21.10.2019, 13:49 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1909

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 sentabrdagi 01-07/256-sonli xati  hamda yoshlarning kundalik hayotini foydali mazmun bilan to‘ldirishga qaratilgan Sirdaryo viloyati tajribasini keng joriy etish maqsadida “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini  mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institut Farmakognoziya va dori vositalarini standartlash kafedrasi tashabbusi bilan tinglovchilar o‘rtasida «5 tashabbus amalda» va «Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashda hamkor tashkilotlarning o‘rni» mavzularida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirni kafedra mudiri professor N.K.Olimov kirish so‘zi bilan ochchib berdi va kafedra ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul o‘qituvchi dotsent I.Rustamov mavzu yuzasidan tinglovchilar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib bordi. Suhbat jarayonida yoshlarning kundalik hayotini foydali mazmun bilan to‘ldirishga qaratilgan Sirdaryo viloyati tajribasini keng joriy etish maqsadida “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini  mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus”da belgilangan vazifalar hamda mazkur tashabbusning asosiy maqsad vazifalari xususida to‘xtalib o‘tildi. Tadbirda jami 60 nafar tinglovchilarining ishtiroki ta’minlandi.

     

 

Nigora AShUROVA

Yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat

bo‘limi boshlig‘i