Toshkent farmasevtika instituti “Dori vositalarining sanoat texnologiyasi” kafedrasining 2019-2020 o‘quv yili TTJ rejasiga asosan tashrifi

19.10.2019, 17:33 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1757

Institut TTJ ma’naviy-ma’rifiy  rejasi asosida kafedraning TTJdagi ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlari rejalari ishlab chiqildi. Kafedra professor o‘qituvchilari 2018-2019 o‘quv yilida  TTJ bo‘yicha ishlab chiqilgan  reja asosida  19-oktabr kuni talabalar turar joyiga tashrif buyurdilar. Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasiga 4 qavatda joylashgan 119 dan 135 gacha bo‘lgan xonalar biriktirilgan bo‘lib, ushbu xona talabalari bilan kafedra a’zolari tanishib, ro‘yxati tuzilib chiqdi va talabalar bilan  TTJ va institut ichki tartib qonun-qoidalari haqida suhbatlashildi. Biriktirilgan xonalarda yashovchi talabalarni yashash sharoitlari bilan tanishdilar. Talabalarni kafedraning  2019-2020 o‘quv yilga mo‘ljallangan TTJ  ish rejasi bilan tanishtirib chiqdilar. Talabalarni TTJ da yashash shart sharoitlari bilan tanishtirish yuzasidan suxbat o‘tkazildi. Ma’naviy reja asosida “Vatan kelajagiga barchamiz daxldormiz” mavzusida  Z.A.Zuparova tomonidan davra suxbati o‘tkazildi. Bundan tashqari talabalar bilan institut qonun qoidalariga rioya qilish, institut mulkini asrash, avaylash, texnika xavsizligiga rioya qilish, elektr va gaz ta’minotlaridan to‘g‘ri foydalanish, xonalarni ozoda tutish, shuningdek Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan “Oliy ta’lim muassasalarining odob axloq qoidalari” bo‘yicha, darslarga o‘z vaqtida qatnashish, dars sababsiz qoldirmaslik, darslarni o‘zlashtirish darajasi yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi, shuningdek  kiyinish madaniyati haqida suxbat o‘tkazdilar. Kafedra tomonidan tuzilgan ma’naviy ma’rifiy yillik reja bilan xam talabalar tanishtirildi va ular bilan ushbu yilni qanday o‘tkazish, ularni takliflari xam eshitildi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga aniq javob berilib, yuzaga kelgan noaniqliklarni bartaraf etildi.

     

DVST kafedrasi