“Til – millat  ko‘zgusi”

18.10.2019, 14:49 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1848

Til insonlarning o‘zaro aloqa  vositasi bo‘lib, yaratuvchining insonga bergan bebaho ne’matidir. Millatni millatdan ajratib turuvchi asosiy belgilardan biri ham tildir. Dunyoda har bir xalqning  ona tili uning bebaho boyligi, iftixori, najoti hisoblanadi. Hikmatli so‘zlar, she’ru dostonlar, qo‘shiqlar avvalo biror bir millatning ona tilida dunyoga keladi. Millat bor ekan, uning tili ham yashaydi, tili yashar ekan u millat boshqa millatlar orasida o‘z nufuzi, obro‘siga ega bo‘ladi.Har bir xalqqa o‘z tili aziz va ardoqlidir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 10 sentabrdagi 311-qaroriga binoan «Davlat tili haqida»gi qonun qabul qilingan kundan e’tiboran har yili «O‘zbek tili kuni»ni o‘tkazish, uning 0.4. bandida 21 oktabr barcha o‘quv yurtlarida har yili — o‘zbek  tili  kuni sifatida nishonlanishi ta’kidlandi. Joriy yil  O‘zbekiston Respublikasining  Ona tili qabul qilinganiga 30 yil bo‘ladi. Shu bois Toshkent  farmatsevtika institutida ham til bayrami 2019-yil  18-19-oktabr  kunlari keng nishonlanishi rejalashtirildi.  2019-yil 18-okyabr kuni  soat 13:00 da institut katta faollar zalida Tillar kafedrasi tashabbusi bilan “Til millat ko‘zgusi” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirni institut o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori Z.A.Yuldashev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirga taklif etilgan mehmonlardan 2019 yil Shuhrat medali sovrindori, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Muyassar Saparniyozova “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishining ijtimoiy-siyosiy ahamiyati”, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi,shoir Shamsiddin Sadoiy “Til-millat ko‘zgusi”, O‘zbek Milliy Akademik drama teatri aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulchehra Ibrohimbekova  “Tilga e’tibor-elga e’tibor”, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Yosh ijodkorlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i shoir Rustam Mirvohid “O‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyati” mavzularida talabalarga ma’lumotlar berdilar. Shuningdek Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistrant va talabalarining  chiqishlari namoyish etildi. Shuningdek tadbirda “O‘zbekkonsert” xonandasi, yosh ijodkor,”The Cover up” loyihasi finalisti Elmurod Ziyoyev o’zining diltortar qo‘shiqlari bilan ishtirok etdi.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova