Farmakognoziya va dori vositalarini standartlash kafedrasi professor-o‘qituvchilari milliy hunarmandchilikka oid ko‘rgazma tashkil qildi.

17.10.2019, 14:08 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1626

2019-yil 16-oktabr kuni institut miqyosida yoshlarning kundalik hayotini foydali mazmun bilan to‘ldirishga qaratilgan Sirdaryo viloyati tajribasini keng joriy etish maqsadida “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini  mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “5 tashabbus amalda” shiori ostida festival tashkil etildi. Mazkur festival doirasida Farmakognoziya va dori vositalarini standartlash kafedrasi professor-o‘qituvchilari «Milliy hunarmandchilikka oid ko‘rgazma» tashkil qildi. Shuningdek, milliy hunarmanchilik va kulolchilik an’analarini yoshlarga keng targ‘ib etib kelayotgan soha vakillarini taklif etib, yoshlarni bu kabi san’at turlariga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini olib bordi. Ko‘rgazmada nafaqat kulolchilik, o‘ymakorlik, kashtachilik hamda milliy liboslar namoyish etildi.