Ijtimoiy fanlar kafedrasining Talabalar turar joyida “Mavjud shart-sharoitga ko‘niktirish, adaptatsiya jarayoni” va “Odob va axloq qoidalari” mavzulari yuzasidan manaviy-marifiy uchrashuv o‘tkazildi

17.10.2019, 13:54 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1830

Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va kafedraga biriktirilgan honalardagi shart-shroitlarni o‘rganish maqsadida Ijtimoiy fanlar kafedrasining professor-o‘qituvchilari 2019-yilning 16-oktabr kunida Talabalar turar joyiga  tashrif buyurishdi.

Kafedraning katta o‘qituvchisi L.B.Sultonova so‘zga chiqib, Oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joyining “Odob-axloq qoidalari” haqida tushunchalar berdi. Yotoqxonaga kirish-chiqish, kechki soat 9-dan keyin ko‘chaga chiqmaslik, ozodalik qoidalariga rioya qilish, kafedraning o‘z kunlarida yotoqxonada tadbirlar amalga oshirilganda faol ishtirok etish xaqida talabalarga tushunchalar berib o‘z so‘zini yakunlab, keyingi so‘zni kafedra o‘qituvchisi D.O.Kamolovaga berdi. U o‘z so‘zida, Hozirgi globallashuv davrida o‘sib kelayotgan yoshlar ongiga bo‘lgan kurash eng dolzarb vaziflardan biri hisoblanadi va eng katta muammolardan biri ham ekanligini ta’kidladi. Shu jarayonda sizlar xam ommaviy axborot vositalaridan foydalanayotganda juduyam extiyot bo‘lishni, yod g‘oyalar kirib qolishdan saqlanish lozimligi hamda kafedrada (agar kerak bo‘lsa) psixologik maslahat bera oladigan professor-o‘qituvchilar borligi va kerakli maslahatlar bera olishini keltirib o‘tib o‘z so‘zini yakunladi. Shundan so‘ng, kafedra o‘qituvchisi X.I.Abduraxmonov so‘zga chiqib, Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi va hozirgi kunda buning guvohi bo`lib turibmiz deb o`z so`zini yakunladi.

     

Ijtimoiy fanlar kafedrasi