Toshkent Farmatsevtika instituti  “Dori turlari tеxnologiyasi” kafеdrasi va 2 Respublika tibbiyot kolleji bilan hamkorlik ishlari davom ettirilmoqda.

16.10.2019, 16:38 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1788

“Dori turlari tеxnologiyasi” kafеdrasi va 2-Rеspublika tibbiyot kollеji o’rtasida tuzilgan o’zaro hamkorlik shartnomasiga binoan, 2019-yil 16-oktabr kuni kafedra dotsenti F.X.Maksudova kollejning farmatsiya bo’limi 315-guruh o’quvchilariga “Shamchalar, shamchalar  tayyorlashda ishlatiladigan asoslar, jo’valash usulida shamdori tayyorlash” mavzusida amaliy mashg’ulot o’tkazdi. Mashg’ulotda yangi pedagogik texnologiyalar va axborot kommunikatsiya  vositalaridan keng foydalanildi.