Umr qadri

12.10.2019, 15:46 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1988

Umr qadri

“Soqol haqida”

Sen soqol   qo‘yibsan, chiroyli   soqol

U  senga bir   muncha   yarashibdi   ham.

O‘zingcha   kashf  etib   o‘zga bir   olam

O‘zingcha    yuribsan mag‘rur  va  hushol.

 

Men senga termulib qolaman hayron,

Nahotki   yoshlikdan  bezibdi, deyman.

Nahotki   bemahal   sovib  qaynoq qon.

Qalbida   keksalik  sezibdi,   deyman.

 

Bilaman,    bolalar    bolaligida

Tez katta  bo‘lmoqni   qiladi havas.

Sen axir   yigit-ku, cho‘ng bilagida

Yoshlikni viqori yongan basma-bas.

 

Nahotki, yoshlikdan shuncha tez to‘yding,

Nahotki  taftiga   berolmading   dosh.

Nahotki o‘tida  bemahal qo‘yding,

Hijronga otdimi   biror qalamqosh!

 

Yo  seni  yoshlikning   azimkor  quli

Bir siniq sopolday uloqtirdimi?

Yo  seni  bosdimi  gumrohlik  seli,

Aldamchi hayollar  yo‘ldan urdimi?

 

Keksalik xilvatin yo tinchroq bilib,

Boshpana qidirib qoldingmi, qochoq.

Begona   mavsumdan o‘lja  qidirib ,

Begona  zavqlarga ochdingmi, quchoq?

 

Kishilar yosh o‘tib, sipo tortganda

Soqolni o‘ziga ko‘radi ravo.

Nega sen yoshlikni qilib bot  kanda,

Dardinga   izlading soqoldan davo!

 

Yo tentak havasmi, yo bebosh qiliq?

Shundaymi? U holda soqolni qirdir.

Yoshlikka  yoshlikning o‘z  ko‘rki  loyiq.

Yoshlikda yoshlikning gavharin qidir!

 

Har yoshning o‘z gashti, o‘z jamoli bor.

Begona zavq-shavqini qilma ixtiyor!