Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi – amalda

12.10.2019, 11:58 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1712

Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshirish jarayonida nazariya va amaliyot birligi tamoyilining dolzarbligi hozirgi kun talabi ekanligi ayni haqiqatligi quyidagi fotolavhalarda ifodalangan.  Farmasevtika ishini tashkil qilish va farmasevtik texnologiya kafedrasining o‘qituvchilari  N.Abduraxmonova, Sh.Salyamova va ijtimoiy fanlar kafedrasining katta o‘qituvchisi Saodat Yuldashevalar rahbarligida  Samarqand shaxrida SAMARQAND DORI-DARMON AJ ta’sischiligida faoliyat yuritayotgan “INTEGRA” MChJ farmasevtika korxonasiga tashrif qilindi. Tashrif chog‘ida tinglovchilar in’eksion dori shakllarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan farmasevtika korxonasi bilan yaqindan tanishdilar. Korxona rahbari Anvar Yunusov tinglovchilarga Koreya davlati investorlari bilan hamkorlikda farmasevtika ishlab chiqarish korxonasini kengaytirish va ishlab chiqarilayotgan dori vositalari sonini ko‘paytirish masalalari haqida ma’lumotlar berdi.Korxona tomonidan jahon standarti talablariga javob beradigan mahsulotlar  ishlab chiqarilmoqda.