“Ustozni ulug’lagan yurt”

11.10.2019, 16:37 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1828

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining   2019-yil  27-sentyabrdagi  “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi  o’rni va  ijtimoiy faolligini yanada  oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 816-son qarori 1-ilovasi  bilan tasdiqlangan “Keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo’llab-quvatlash, jamiyatdagi o’rnini yanada oshirish hamda “keksalar haftaligi” ni yuqori saviyada tashkil etish bo’yicha chora-tadbirlar  dasturi”ning 18-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida qator ishlarni amlga oshirish belgilandi. Shu o‘rinda oliy ta’lim muassasalarida “Nuroniylar yoshlar nigohida” mavzusida uchrashuvlar, ko’rik tanlovlar va rasmlar ko’rgazmalarini tashkil etish, oliy ta’lim muassasalarida keksa avlod vakillarining teatr va muzeylarga tashriflarini imtiyozli asosda tashkil etish belgilandi. Shu munosabat bilan mazkur qaror  hamda  Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 7-oktabrdagi 87-02-2576-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida  Toshkent farmatsevtika institutida 2019-yil 11-sentabr kuni soat 12:00 da DVST kafedrasi faxriysi Oyposhsha Tadjieva bilan talabalar o’rtasida “Keksalarni e’zozlash, azaliy odatlarimizdan biridir”, “Ustozni ulug’lagan yurt” mavzularida  uchrashuv tashkil etildi. Suhbat jarayonida quyidagi masalalarga to’xtalib o’tdi:  qadriyatlar juda sermazmun va ko’p qirrali tushuncha. Qadriyatlar ichida eng birinchi va eng umumiysi hayotning o’zidir, chunki hayotdan mahrum bo’lish qolgan barcha qadriyatlardan foydalanishni yo’qqa chiqaradi… qolgan qadriyatlar, aslini olganda, hayot ne’matlarining mohiyatidir” deya yana ko’plab hayotiy tajribasidan kelib chiqgan holda talabalarga maslahatlarni berib o’tdi.

     

Institut  matbuot kotibi N.L.Usmanova