Angliyaning De Montfort universiteti vakillarininig Toshkent farmatsevtika institutiga tashrifi

10.10.2019, 20:56 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1787

Oliy ta’lim tizimida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning yetakchi oliy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va salohiyatli kadrlarni xorijning yetakchi oliy-ta’lim muassasalarida stajirovkadan o‘tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar bugungi kunda rivojlanib bormoqda.

Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash maqsadida Toshkent farmatsevtika institutida xorijiy mamlakatlar bilan qator kelishuvlar amalga oshirilmoqda. 2019-yil 10-sentabr kuni Angliya davlatining  De Montfort universiteti professori  Anthony (Tony) D’Emanuele, Mr Jonathan (Jon) Fisher-Jones, Dr Allister Smeeton,  Mr  Duncan Hepworth tashrif buyurdilar. Mehmonlarni institut rektori I.I.Alimdjanov kutib oldi va Toshkent farmatsevtika  institut faoliyati, bugungi kunga qadar erishgan yutuqlari haqida tanishtirib o’tdi.

Shuningdek mehmonlar institut rektori hamda rahbar xodimlar boshchiligida institutning barcha binolariga tashrif buyurib u yerda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar. Institutda yangi qurilayotgan o’quv amaliyot kompleksi, ishlab chiqarish sexi, yangi qurilgan talabalar turar  joyi, Wifi zona, bookcafe bilan institut rektori mehmonlarni yaqindan tanishtirdi va ma’lumotlar berdi. Mehmonlar institutning ilmiy salohiyati, moddiy texnik bazasi, dars jarayonlari bilan ham yaqindan tanishib talabalar bilan suhbat qildilar. 

“Toshkent farmatsevtika instituti talabalarining  dars jarayonida maxsus tibbiyot kiyimida bo’lishlari  juda ma’qul bo’ldi. Bu yosh mutaxassislarning o’z kasbiga bo’lgan mas’uliyatini  talabalik davridanoq yanada oshiradi. Biz ham o’z universitetimizda bo’lajak farmatsevtlar uchun shunday maxsus  tibbiyot kiyimini joriy etishni maqsad qildik” deydi  De Montfort universitetining professori  Anthony (Tony) D’Emanuele. Uchrashuv so’ngida kelajakda O’zbekistonda  xorijdagi farmatsevtika instituti filialini ochish ko’zda tutildi.

    

     

     

     

     

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova