I.M. Sechenov nomli Moskva Meditsina universiteti, farmatsiya instituti direktori “Farmatsevtik va toksikologik kimyo” kafedrasi mudiri Farmatsevtika fanlari doktori, professor Ramenskaya Galina Vladislavovnaning Toshkent Farmatsevtika instituti “Farmatsevtik kimyo kafedrasida” olib borgan mahorat darslari

09.10.2019, 16:13 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2190

Toshkent Farmatsevtika institutining Farmatsevtik kimyo kafedrasi mudiri X.Q.Olimov va professor – o‘qituvchilari tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3775-sonli “O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassalarining o‘zaro kelishuvi hamda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida talabalarni o‘qitishning tashkil etish va ikki tomonlama tan olinadigan diplom berish amaliyotini joriy etish” qarorlarini muayyan darajada bajarish maqsadida I.M. Sechenov nomli Moskva Meditsina universiteti, farmatsiya instituti direktori “Farmatsevtik va toksikologik kimyo” kafedrasi mudiri Farmatsevtika fanlari doktori, professor Ramenskaya Galina Vladislavovna mahorat darslarini olib borish va o‘zaro tajriba almashinish uchun taklif etildi. Tashrif buyurgan mehmonni institut rektori pofessor I.I.Alimdjanov kutib oldilar.

Professor Ramenskaya Galina Vladislavovna rektor qabulidan so‘ng “Farmatsevtik kimyo” kafedrasi mudiri dotsent X.Q.Olimov boshchiligida kafedraga tashrif buyurdilar va kafedraning professor-o‘qituvchilari bilan tanishdilar.

Professor Ramenskaya Galina Vladislavovna tomonidan, 2019 yilning 7-9 oktabr kunlari Farmatsevtik kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilari, farmatsiya fakulteti kasbiy ta’lim yo‘nalishi 301A, 301V, farmatsiya yo‘nalishi 305A, 305V 306A, 306V guruhlariga hamda institutning boshqa yo‘nalishidagi talabalari ishtirokida “Metodы kolichestvennogo analiza  lekarstvennыx sredstv”, mavzusida ma’ruza o‘qildi. Shuningdek, I.M. Sechenov nomli Moskva Meditsina universiteti Farmatsevtik va toksikologik kimyo kafedrasi dotsenti V. V. Smirnov tomonidan «Spektralnыe metodы analiza» mavzusida 3 – bosqich 306 A guruh talabalariga laboratoriya mashg‘uloti yangi pedagogik texnolgiyalarni qo‘llagan holda o‘tildi. Tashrif buyurgan mehmon tomonidan ishtirokchilarga tarqatma materiallar, kafedra professor-o‘qituvchilariga esa uslubiy ko‘rsatmalar, taqdimotlar va video roliklar o‘quv jarayonlarida foydalanish uchun taqdim etildi.

Mehmon, I.M. Sechenov nomli Moskva Meditsina universiteti  “Farmatsevtik va toksikologik kimyo” kafedrasida olib boriladigan ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib borilishi, kafedrada ilmiy yo‘nalishda qilinayotgan ishlar va boshqalar to‘g‘risida institutning “Farmatsevtik kimyo” kafedrasi o‘qituvchilariga batafsil ma’lumot berdi. O‘zaro tajriba almashinish jarayonida “Farmatsevtik kimyo” kafedrasi professor-o‘qituvchilari o‘zlariga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘ldilar va kelgusida har ikkala oliy ta’lim muassalari doimiy ravishda hamkorlik ishlarini olib borish to‘g‘risida kelishib oldilar.

9-oktabr kuni professor Ramenskaya Galina Vladislavovna mahorat darslarini yakunladi va institut rektori professor I.I.Alimdjanov tomonidan kuzatildi.

  Farmatsevtik kimyo kafedrasi mudiri dotsent: X.Q. Olimov