Mustaqillik  yillarda barpo etilgan inshoatlarga talabalarning tashrifi uyushtirildi

07.10.2019, 12:50 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1966

Institut talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 2019-yil 3-oktabr kuni farmatsiya fakulteti 3-bosqich 306 A guruh talabalari guruh murabbiyi N.X.Ashurova boshchiligida mustaqillik yillarda barpo etilgan inshoatlarga tashrif buyurishdi. Tashrif jarayonida talabalar o‘rtasida “Shu yurt farzandi ekanligimdan faxrlanaman”, “Jannatmakon diyorim” mavzularida suhbat tashkil etildi. suhbat jarayonida bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, bunyodkorlik ishlari, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari; talabalar o‘rtasida shu yurtga fidoiy, sadoqoatli vorislar bo‘lib kamolga yetishlari;  milliy urf-odatlarimiz va qadriyatlarimizga hurmat ruhini singdirish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borildi. Sayohat jarayonida Temuriylar tarixi davlat muzeyiga, Amir Temur xiyoboniga, anjumanlar saroyiga tashrif buyurildi.