Tillar kafedrasi tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida “Men sevgan asar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

07.10.2019, 12:34 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1934

“Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus”ning 4-yo‘nalishi: Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish ijrosini ta’minlash maqsadida Tillar kafedrasi tashabbusi bilan 2019-yil 4-oktabr kuni institut farmatsiya fakulteti 1-bosqich talabalari o‘rtasida “Men sevgan asar”, “O‘tkir Hoshimov asarlarida sadoqat tushunchalarining targ‘ib etilishi” mavzularida davra suhbati tashkil etildi. tadbirda Tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi, adabiyotshunos N.X.Ashurova o‘zbek adabiyotining eng durdona asarlari, yozuvchi va shoirlarning ijod namunalari hamda o‘zbek xalqining sevimli ijodkori O‘tkir Hoshimov asarlari yuzasidan targ‘ibot ishlarini olib bordi. Talabalar ham yozuvchi asarlari yuzasidan fikr-mulohazalarini, olgan taassurotlarini hamda kitob mutolasi orqali inson ma’naviy olamining boyishi, nutqiy rivojlanishining omillari yuzasidan to‘xtalib o‘tishdi. Suhbat jarayonida yozuvchining “Ikki eshik orasida”, “Bahor qaytmaydi” asarlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Bu kabi tadbirlar guruhlar o‘rtasida ham amalga oshirilishi rejalashtirildi.

      

Tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi N.X.Ashurova