O‘zbekiston “Milliy tiklanish”demokratik partiyasining Mirobod tumani deputatlari va Toshkent farmatsevtika instituti bilan hamkorlikda seminar-trening bo‘lib o‘tdi

03.10.2019, 19:33 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2077

2019-yil  3-oktabr kuni Toshkent farmatsevtika institutining kochi faollar zalida soat 14:00 da “Saylovlar: G‘alaba strategiyasi va taktikasi” mavzusida  seminar -trening bo‘lib o‘tdi. Seminarda  O’zbekiston Milliy tiklanish partiyasining Mirobod tumani deputatlari E.Karimov, Q.Qayumov, M.G’aniyev va institut Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkilotining faol talabalari qatnashdilar. Seminar-treningda saylov jarayoni, deputatlar faoliyati, loyihalar, qonunlar va qarorlar bo‘yicha  davra suhbati o‘tkazildi. Shuningdek qonunlarni va qarorlarni xalqqa to’g’ri yetkazish va ularning turmush tarzida nechog’lik ahamiyat kasb etishi, milliy qadriyatlarimizning amalga oshirishda ko’riladigan chora-tadbirlar rejasini tuzishda partiyaning alohida ahamiyat kasb etishi va talabalar ham  partiyaga a’zo bo’lib unga yetakchi saylashda faol ishtirok etishlari mumkinligi hususida ta’kidlandi. Ushbu seminar- trening O’zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti bilan hamkorlikda olib borildi.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova