Dori vositalarini noqonuniy muomilasini oldini olishga qaratilgan tadbir  bo‘lib o‘tdi

02.10.2019, 16:08 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2110

Dori vositalarini noqonuniy muomalasini oldini olishga

qaratilgan tadbir  bo‘lib o‘tdi

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Dori vositalarini noqonuniy muomalasini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish to‘g‘risida” gi  qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 2 oktabr kuni soat 12:00 da Toshkent farmatsevtika instituti katta faollar zalida  mavzu yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirni  institut rektori I.I.Alimdjanov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi raisi Azizov Ismat Kazimovich bugun davlatimiz rahbari tomonidan barcha sohalarda juda katta o‘zgarishlar bo‘layotgani haqida aytib, siz aziz yoshlar uchun bugun mamlakatimiz katta imkoniyatlar makoniga aylangan. O‘qib o‘rganishingiz va o‘zingiz orzu qilgan kasb egasi bo‘lishingiz uchun barcha sharoitlar yetarli. Bunga siz yoshlar turli xil yomon yo‘llarga kirmay, giyohvandlik va psixatrop dori vositalari va uning salbiy oqibatlaridan ogoh bo‘lishingiz va sog‘lom hayot tarzini o‘z shioringizga aylantirishingiz kerak. Axir sizlar O‘zbekistonning kelajagisizlar. Sizlar sog‘lom fikrlasangiz, sog‘lom yashansangiz bu bizning, mamlakatimizning eng katta yutug‘i deya ta’kidlab o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Giyohvand vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomalasiga qarshi kurashish boshqarmasi katta tezkor vakili Jo‘raev Shohruh jinoyat uchun jazo muqarrarligi yuzasidan ma’lumotlar berdi. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Narkotik moddalar nazorat qilish markazi yetakchi Jumaeva Saodat bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biri Tramadol va Lirika psixatrop dori vositalaridan talaba-yoshlarning foydalanishlarini oldini olish va uning ta’siriga tushib qolmaslik haqida to‘xtalib o‘tdi. Toshkent shahar Narkologiya despanseri shifokori Azizova Dilobar Respublikamizda narkobiznesga qarshi olib borilgan ishlar va giyohvandlikning oldini olish, psixatrop vositalar oldi-sotdisini bartaraf etish samaradorligini oshirish maqsadida qilinayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berdi. Shu bilan birga mutaxassislar tomonidan mavzu yuzasidan prezentatsiya namoyish etildi. Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tushunarli va ogohlikka da’vat etgan holda javob berdilar. Tadbir “O‘zbekiston 24” telekanali orqali yoritilshi rejalashtrildi.

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova