Ustozlarga ehtirom

30.09.2019, 18:48 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2031

Ustozlarga ehtirom

 Ta’lim-tarbiya tizimidagi isloxotlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan o’quvchi va murabbiylarga bog’liq.Shu sababli mamlakatimizda o’qituvchilar mehnatini qadrlashga, ularga har jihatdan g’amxo’rlik ko’rsatishga harakat qilinmoqda.O’qituvchilik azaldan e’tiborli kasb hisoblanadi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning (1996-yil 9-yanvardagi) Farmoni bilan 1-oktyabr «O’qituvchilar va murabbiylar kuni» deb belgilandi.Bugungi kunda mamlakatimizda o’qituvchi va murabbiylarning obro’-e’tiborini yanada oshirish, yoshlarimizning bizdan ko’ra bilimli, kuchli va albatta baxtli bo’lishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Shu munosabat bilan 2019-yil 30-sentyabr kuni soat 13:00 da Toshkent farmatsevtika  instituti katta faollar zalida “Ustoz va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan “Ustozlarga ehtirom” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni institut rektori Alimdjanov Ibrohim Inamovich kirish so’zi va bayram tabrigi bilan ochib berdi va institut rektori buyrug’ini o’qib eshittirish uchun so’z o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha prorektor Yuldashev Zokirjon Abidovichga berildi. So’ngra institutda bir necha yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan professor-o’qituvchilar institut rektori I.I.Alimdjanov tomonidan faxriy yorliq va sovg’alar bilan taqdirlandilar. Institut talabalari tomonidan ustozlarga tabriklar bildirildi.Shuningdek tadbirga Nihol mukofoti sovrindori Hilola Hamidova, “Yagonasan muqaddas vatan” ko’rik-tanlovi g’olibi Dilmurod Otajonov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan xonanda Oybek Hamroqulovlar tashrif buyurib institut  professor-o’qituvchilarini bayram bilan tabrikladilar. Tadbirdan so’ng professor-o’qituvchilar ko’rkam dasturxonga taklif etildilar.

                              

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova