Ijarada yashovchi talabalarning yashash va o‘qishiga ko‘maklashishp

30.09.2019, 16:02 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1826

Ijarada yashovchi talabalarning yashash va o‘qishiga ko‘maklashish

 Institutda talabalarga yaratilgan sharoit bilan qiziqish ularning dars mashg‘ulotlarining o‘zlashtirishlariga bevosita daxldordir. Toshkent farmatsevtika institutida talabalarga o‘qish sharoitlari ko‘ngildagidek yaratilgan bo‘lib,  ularning istiqomat qiladigan joylari qay tarzda ekanligini nazorat qilib borish o‘rinlidir. Bu borada 2019 yil 30-sentyabr kuni institut katta faollar zalida institutda tahsil olib, ijarada yashovchi talabalarning yashash va o‘qishiga ko‘maklashib, zarur shart-sharoitlar yaratib berishga qaratilgan hamda turli salbiy g‘oyalar, xatarlardan ogoh etish borasida umumprofilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘lim boshlig‘i O.I.Xudoyberdiev tomonidan ochib berildi va tashrif buyurgan mehmonlar mavzu yuzasidan so‘zga chiqdilar. Mirobod tumani IIOFMB HPMB podpolkovnik M.N.Sa’dullayev “Hususiy va ijarada yashovchi talabalar bilan olib borilayotgan amaliy ishlar”, “Mirobod tumani IIOFMB MTB katta inspektori podpolkovnik  S.B.Zaynutdinov “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, “Mirobod tumani IIB 2-sonli IIB MTP Li kapitan A.Rejamatov “Mahalla, oliy ta’lim va ota-onalar hamkorligi” mavzusida talabalarga ma’lumotlar berdilar.

            

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova