28.09.2019, 19:56 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1994

“5 muhum tashabbusva “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri

Ma’lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviyma’rifiy sohalardagi ishlarni yangitizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhum tashabbusni ilgari surgan edilar. Mana shu topshiriqlar ijrosini bajarish maqsadida yurtimizdagi barcha tashkilot va  muassasalarda targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Jumladan Toshkent farmatsevtika institutida ham 2019 yil 28 sentyabr kuni kengaytirilgan tarzda tadbir tashkil etildi. Tadbir avvalida soat 11:00 da institutning ochiq maydonida 5 muhum tashabbus ijrosi yuzasidan marafon va soat 14:00 da birinchi kurs talabalarining “Talabalik qasamyodi”  bo‘lib o‘tdi. 5 tashabbusning har bir bandi bo‘yicha faxriylar ishtirok etdilar. Sport ustalaridanPaxtakorkomandasiningfutbolchisi Azamat Abduraimov, sportning boks turi bo‘yicha jahon chempioni Jahongir Jalolov, olimpiada chempioni bronza medal sohibi Murodjon Ahmadaliev, Spartakkomandasi murabbiy o‘rinbosari va jamoa a’zolari, “Yangi asr avlod” nashriyoti xodimlari ham qatnashib kitob yarmarkasi tashkil etdilar. Rassomchilik yo‘nalishi bo‘yicha institutning iqtidorli talabalari, Xotinqizlar bandligini ta’minlash yo‘nalishi bo‘yicha institut iqtidorli chevar qizlarining  yaratgan liboslari ko’rgazmasi, musiqa yo‘nalishi bo‘yicha institut iqtidorli talabalarining chiqishlari namoyish etildi. Shu bilan birga kafedra professoro‘qituvchilari va iqtidorli talabalari tomonidan yaratilgan ilmiy ishlar va innovatsiyalar ko‘rgazmasi ham bo’lib o’tdi.

Shuningdek  soat 14:00 daTalabalikka bag‘ishlovtadbirini institut rektori Alimdjanov Ibrohim Inamovich kirish so‘zi va talabalarga tabrigi bilan ochib berdi.  O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqovava Nihol mukofoti sovrindorlari ham tadbirga tashrif buyurib 1-bosqich talabalariga o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirdilar.

Institut  matbuot kotibi N.L.Usmanova