“Elsevier Clinical Key foydalanuvchilarini xabardor qilish”

27.09.2019, 15:35 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1945

Тoshkent farmatsevtika institutida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Sog’liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda tibbiyot ta’limi va sog’liqni saqlash sohasiga innovatsion ishlanmalarni joriy etish, shuningdek, institutlarning professor-o’qituvchilari, ilmiy-tadqiqot markazlari va ilmiy-tadqiqot  institutlarining ilmiy xodimlarini Proofreading  jarayoni  tartibi to’g’risida  xabardor qilish bo’yicha seminar tashkil etildi. Seminarda O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Ta’lim va sog’liqni saqlash sohasidagi innovatsiyalarni tadqiq etish va tatbiq etish boshqarmasi boshlig’i, t.f.n, dotsent О.B.Xudanov, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining Fan va ta’lim Bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi t.f.d. professor A.X.Ashirmetov, Elsevier Heaithning  Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyo bo’yicha mintaqaviy direktori I.A.Nikitin, Elsevierning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bo’yicha mintaqaviy direktori Ospanova A va  Toshkent farmatsevtika instituti professor-o’qituvchilar tarkibii.

Seminar mavzulari;

– Elsevier Clinical Key foydalanuvchilarini ro’yxatdan o’tish to’g’risida xabardor qilish;

– mualliflarga ilmiy maqolalar tayyorlash imkoniyatlari to’g’risida ma’lumot berish

    va eng yaxshi jurnallarda ingliz tilida maqola chop etish;

– “Anatomik atamalarning elektron lug’ati” yangi mobil ilovasining taqdimoti.

      

     

Ilmiy-tadqiqot va innovatsionlar ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash bo’limi