Institut rektori iqtidorli talabalar bilan uchrashuv tashkil etdi

26.09.2019, 20:30 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1847

 Institut rektori iqtidorli talabalar bilan uchrashuv tashkil etdi

Bugungi kunda yurtimizda yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilgan. Bu imkoniyatlardan oqilina foydalanib o’z iqtidorini namoyon etib kelayotgan yoshlar safi ham kundan kunga kengayib bormoqda. 2019 yil 26-sentyabr kuni Toshkent farmatsevtika instituti rektori professor I.I.Alimdjanov institutning iqtirodli talabalari bilan uchrashuv tashkil etdi. Unda talabalar o’z ustilarida mukkamal ishlab, ustozlardan puxta bilim olib, turli maqolalar chiqarib, ilmiy ishlar qilishlari va instituni ilmiy salohiyatini yanada yuksaltirishda o’z xissalarini qo’shishlari kerakligi xususida takidladi. Shuningdek ilmiy va innovatsion sohalar prorektori N.S.Normaxamatov  ilmiy ishlarning mohiyati haqida talabalarga tushunchalar berib o’tdi.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova