Ta’lim va tarbiya har bir davr mavzusi

25.09.2019, 21:17 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2026

Ta’lim va tarbiya masalasi barcha davrlarda eng dolzarb, ertangi taqdirimizni hal qiluvchi vazifalardan biri bo‘lib kelgan. Chunki, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan yuqori malakali, yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlash bevosita ta’lim tizimining rivojiga bog‘liq. Shu bois Vataniga, xalqiga sadoqatli, mustaqil fikrlaydigan, ijodkor, yetuk bilimli, malakali kadrlarni tayyorlash bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda 2019-yil 25-sentyabr kuni soat 14:00 da institut rahbar xodimlari, kafedra mudirlari va faxriy professor-o‘qituvchilar  ishtirokida navbatdagi yig’lish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig’lishda institut rektori I.I.Alimdjanov bergan topshiriqlari yuzasidan rahbar xodimlardan  hisobot qabul qildi. Institutda ilmiy salohiyatni yanada takomillashtirish yuzasidan  fikr va mulohazalarini bildirdi. Shuningdek institutning faxriy professor-o’qituvchilari hamda professorlik unvoniga ega bo’lgan ustozlarimizni yaqinlashib kelayotgan ayyom bilan tabriklab taqdirladi. Yaqinlashib kelayotgan “Ustoz va murabbiylar” bayramiga va “Talabalikka bag’ishlov” tadbirlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish, uni ommaviy axborort vositalarida keng yoritish xususida xodimlarga topshiriqlar berdi.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova