Farmatsiyasi fakulteti talabalari o’rtasida ochiq muloqot bo’lib o’tdi

25.09.2019, 18:23 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1626

Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim va ilm-fan tizimni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli izchil ishlar yuqori malakali  mutaxassislarni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan Shu sharoitlarni ta’minlashga zamin yaratdi.Toshkent farmatsevtika institutida fakultet va kurslar kesimida talabalar bilan  ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i O.I.Xudoyberdiev tomonidan yig’lish tashkil etib borilmoqda.

2019-yil 25-sentyabr kuni 4-bosqich farmatsiyasi fakulteti talabalari o’rtasida bo’lib otgan majlisda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, davlat dasturida ko‘zda tutilgan masalalar, xuquqbuzarliklarni oldiniolish, jinoyatchilikka qarshi kurashishinstitut ichki tartib qoidasi, odob-axloq qoidalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

     

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova