“Dori turlari texnologiyasi” kafedrasi professori Z. A. Nazarova ishtirokida  farmatsiya fakulteti 3-bosqich, kasb ta’limi talabalari bilan “Sharm-hayo o‘zbek ayolining fazilati” mavzusida suhbat o‘tkazildi.

25.09.2019, 15:55 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1658

2019-yil 23-sentabr kuni 1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan kafedraning faxriy ustozi, professor Z.A.Nazarova ishtirokida  farmatsiya fakulteti 3-bosqich, kasb ta’limi talabalari bilan  “Sharm-hayo o‘zbek ayolining fazilati” mavzusida suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida Tilimizda “iffat”, “sharm”, “hayo”… kabi atamalar borligi, bir qaraganda bular ma’nodosh so‘zlarga o‘xshashligi haqida aytilib, har birining o‘ziga xos ma’nosi mavjud bo‘lgani holda “uyat” deyilmish so‘z tushunchasiga bog‘lanib, masalan, “sharm” uyatni anglatishi, “Iffat” atamasining ma’nosi esa bir oz kengroq,  iffat – poklik va ma’sumlikni bildirishi haqida ma’lumot berildi.

     

     

Kafedra mudiri, prof.: Yo.S. Karieva