Toshkent Farmatsevtika institutining katta faollar zalida Butunjahon farmatsevtlar kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

24.09.2019, 17:35 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1942

2019-yil 24-sentyabr kuni institutning katta faollar zalida Butunjahon farmatsevtlar kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut rektori professor Alimdjanov Ibroxim Inamovich ochib berdi. Tadbirda Farmatsevtlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tinglovichlari, professor-o‘qituvchilari, institut talabalari, farmatsevtik kompaniyalar vakillari ishtirok etishdi.

 Belarus Respublikasi, Gomel Davlat tibbiyot universitetining klinik ishlari bo‘yicha prorektori, pulmonologiya va ftiziatriya kafedrasi professori t.f.n. Ruzanov Dmitriy Yurevich tomonidan “Infeksii dыxatelnыx putey:ot tipichnыx oshibok i zablujdeniy k ratsionalnoy terapii” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.  “Farmatsevtika ishini tashkil qilish va farmatsevtik texnologiya” kafedrasi dotsenti Abduraxmonova Nargiza Abdumajidovna “Rol farmatsevta v rekomendatsii preparatov bezretsepturnogo otpuska”  mavzusida  taqdimot o‘tkazdi.

Qizg‘in o‘tkazilgan ma’ruzalardan barcha ishtirokchilar mamnun bo‘ldilar va o‘zlarini mavzu bo‘yicha qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

O‘tkazilgan tadbir samarali va mazmunli o‘tkazildi.