DVSSM kafedrasining “NOBELFARMSANOAT” QK da tashkil qilingan o‘quv amaliyot bazasida mashg‘ulotlar olib borilishi

24.09.2019, 15:31 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1672

Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi dotsenti D.T.Gaibnazarova tomonidan 5A 310501 Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya yo‘nalishi magistrlarining “Dori vositalarini sifatini nazorat qilish” fanidan “Dori preparatlarini sanoat miqyosida ishlab chiqarish bosqichlari. Bosqichlar bo‘yicha tahlilining mohiyati” mavzusidagi laboratoriya mashg‘uloti “NOBELFARMSANOAT” QK ning Sifatni nazorat qilish bo‘limida va shu bo‘limda tashkil etilgan DVSSM kafedrasi o‘quv amaliyot bazasida tashkillashtirilgan o‘quv xonasida bo‘lib o‘tdi.

Mashg‘ulot davomida magistrlar mavzu bo‘yicha to‘liq bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. Yaratilgan shart-sharoitlardan kafedra professor-o‘qituvchilari va magistrlar o‘z minnatdorchiligini ishlab chiqarish korxonasiga bildiradi.