Farmatsiya fakulteti talabalari o‘rtasida Ochiq muloqot soati tashkil etildi

19.09.2019, 17:46 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1852

Mamlakatimizda barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Jumladan Toshkent farmatsevtika institutida ham talabalar o‘rtasida ochiq muloqot soatlari muntazam tashkil etib kelinmoqda. 2019-yil 18-sentyabr kuni institut katta faollar zalida soat 12:00 da farmatsiya fakulteti 2 -bosqich, 15:00 da kasbiy ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabalari o‘rtasida, O.I.Xudoyberdiev tomonidan ochiq muloqot tashkil etildi. Shuningdek yig’lishda fakultet dekani va dekan muovinlari ham ishtirok etdilar. Yig‘ilishda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, davlat dasturida ko‘zda tutilgan masalalar, Yoshlar siyosatida belgilangan vazifalarning ijrosi, institut ichki tartib qoidalari xususida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Yoshlar bilan doimiy muloqot qilish mazkur sohadagi dolzarb muammolarni aniqlash va hal etishda eng yaxshi ko‘makdir.

     

Institut matbuot  kotibi N.L.Usmanova