Sanoat-farmatsiyasi fakulteti talabalari o’rtasida kurs majlisi bo’lib o’tdi
2019-yil 19-sentyabr kuni soat: 15-00 da institut kata faollar zalida sanoat-farmatsiyasi fakulteti talabalari o’rtasida yig’lish tashkil etildi. Yig’lishda fakultet dekanlari va dekan muovinlari va ta’lim sifatini nazorat qilish bo’lim boshlig’I O.I.Xudoyberdiev ishtirok etdi. Yig’lishda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, davlat dasturida ko‘zda tutilgan masalalar, Yoshlar siyosatida belgilangan vazifalarning ijrosi xususida hamda institut ichki tartib qoidasi, odob-axloq qoidalari yuzasidan to’xtalib o’tildi. Tadbirda jami 200 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova