“Ilm baxt sari yetaklar”
Ilm – ruh ozig‘i. Insoniyat ilm bilan haqiqiy saodatni qo‘lga kiritadi, uning sharofati bilan yuksaladi. Dunyoda ustozning oqilona so‘zi va erishgan ulug‘ligi odamlar va shogirdlar xotirasida uzoq saqlanadi. Ustoz aytganidek, yaxshilik va yomonlikni, diyonat va xiyonatni, ziyo va zulmatni his qilib yashashning o‘zi ham baxt. Baxt eshigining bittasi yopilsa, ikkinchisi ochiladi. Ammo hamma e’tiborni yopilgan eshikka qaratib ochilganini sezmasligimiz mumkin. Buni his qilish yo‘lini ustoz o‘rgatadi. Mana shunday ustozlarimizdan biri Toshkent farmatsevtika instituti kimyo fanlari nomzodi, professor Ubaydullaev Qudratillo Asadullaevich bilan talabalar o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda kimyo fanlari nomzodi, professor Ubaydullaev Qudratillo Asadullaevich fanga bo‘lgan qiziqishlari, erishgan yutuqlari, bugungi kunga qadar yaratgan ixtirolari hamda milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizga sadoqatli vorislar bo‘lib kamolga yetishtirish hususida to‘xtalib talabalarga hayotda, ta’lim jarayonida foydali maslahatlarni berdilar. Mazkur uchrashuv “Yoshlar” radiokanali orqali yoritilishi rejalashtirildi.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova