O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-maydagi PQ-4310 sonli Qarorini ijrosini ta’minlash

19.09.2019, 15:53 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1824

2019-yil 18-sentabrda o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i N.A.Abzalova  va magistratura bo‘lim boshlig‘i N.E.Mamatmusaeva tomonidan Toshkent farmatsevtika instituti  kafedralarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-maydagi PQ-4310 sonli “Tibbiyot va farmatsevtika  ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorini ijrosi yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus tibbiyot va farmatsevtika ta’lim muassasalarida bosqichma-bosqich kredit-modulli o‘qitish tizimiga asoslangan o‘quv jarayonini  tashkil etish bo‘yicha seminar-trening  o‘tkazildi.