Institutda ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida yig‘lish bo‘lib o‘tdi

17.09.2019, 15:32 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1635

Toshkent farmatsevtika institutida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda 2019 yil 17 sentyab kuni soat 11:20 da institut kichik faollar zalida institut yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i N.X.Ashurova har bir kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul o‘qituvchilari ishtirokida yig‘lish tashkil etdi.Yig‘ilishda kafedralarda faoliyat yuritayotgan fahriy professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida uchrashuvlar tashkil etish; talabalar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarining sifat darajasini yanada oshirish; 1 oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayramiga tayyorgarliklar ko‘rish va tadbirga kafedralarda faoliyat olib borgan fahriy professor-o‘qituvchilarni taqdirlash; institut miqyosida har oyda tashkil etilib kelinayotgan “Ma’naviyat kuni” tadbirlari doirasida talabalarning mahallalarda yashovchi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, keksa nuroniylar xolidan xabar olish singari hayriya tadbirlarni tashkil etish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul o‘qituvchilarga tegishli topshiriqlar berildi.

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova