Talabalar o‘rtasida odob-axloq qoidalari yuzasidan yig’lish tashkil etildi

13.09.2019, 17:25 Institut yangiliklari, Yangiliklar 3177

2019-yil 13-sentyabr kuni  Toshkent farmatsevtika instituti TTJ talaba-qizlari o‘rtasida rahbar xodimlar tomondan navbatdagi majlis tashkil etildi. Yig‘ilishda ,  “Oliy  ta’lim muassasasining odob-axloq qoidalari” va ichki tartib-intizom bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borildi. Unda  institutning odob-axloq qoidalari, maqsad va vazifalari, institut professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabatlari, majburiyatlari, odob-axloqda man etiladigan holatlar, rag‘batlantirish hamda chora ko‘rish tartibi bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berib o‘tildi. Shu bilan birga majlisda Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi B.X.Boltaeva va tarbiyachi-pedagog N.E.Yusupovalar tomonidan qizlarga xos sharm-hayo, odob-ahloq, o‘zbekona tarbiya yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

     

     

Institut matbuot  kotibi N.L.Usmanova