Institut rektorining Namangan viloyatida bo’lib o’tayotgan “Tibbiyot forumida”gi ishtiroki

13.09.2019, 15:25 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2109

Institut rektorining Namangan viloyatida bo‘lib o‘tayotgan “Tibbiyot forumida”gi ishtiroki

2019 yil 13-14 sentyabr kunlari Namangan viloyatida “XXI asrda tibbiyot va farmatsevtikani rivojlanishida investitsiya va innovatsiyaning roli” xalqaro tibbiyot forumi o’z ishini boshladi.Forumning ochilish marosimida O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari A.Abduxakimov,Namangan viloyati xokimi X.Bozarov va Sog’liqni saqlash vaziri A.Shadmanovlar forumda ishtirok etayotgan xorijiy va O’zbekistonning turli hududlaridan tashrif buyurgan qatnashchilarni tabrikladilar.Ular o’z so’zida yurtimizda tibbiyot va farmatsevtika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar,erishilgan natijalar va kelajakdagi rejalar hususida to’htalib o’tdilar. Namangan viloyatida sohada olib borilayotgan ishlarni aks ettiruvchi videorolik namoyish etildi.Forum o’z ishini 5 ta seksiyada   davom etmoqda.Toshkent farmatsevtika instituti rektor,professor I.I.Alimdjanov boshchiligida bir guruh professor-o’qituvchilar ishtirok etishmoqda. 5- seksiya “Farmatsevtika tarmog’i rivojiga innovatsiyalarni tadbiq etish” deb nomlanib unda institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori,kimyo fanlari doktori N.S.Normaxamatov “Farmatsevtikada ta’lim,fan va ishlab chiqarish integratsiyasi” mavzusida taqdimoti bilan ishtirok etdi.

      

     

          

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova