Toksikologik kimyo kafedrasida soha mutaxassislari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv hisoboti

11.09.2019, 15:06 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1776

Toshkent  farmatsevtika   instituti   talabalarini  kasbga  yunaltirish  maqsadida  10.09.2019-yil 1000da O`zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi qoshidagi X.Sulaymonova  nomli  Respublika  Sud ekspertiza  markazi bosh eksperti farm.f.n. N.SH.Xalilova  toksikologik  kimyo  kafedrasi  mudiri  dots. Usmanalieva Z.U.  ning Farmatsiya yo‘nalishi 4-bosqich  2-oqim talabalariga bo‘lgan  ma’ruzasiga taklif  etildi. Uchrashuv Toshkent  farmatsevtika   instituti   1-bino 158-ma’ruza xonasida bo‘lib  o‘tdi.

Bosh ekspert farm.f.n. N.SH.Xalilova  so‘zga  chiqib  mutaxassislik  fani to‘g‘risida  qiziqarli  ma’lumotlarni  keltirib, fanning  dolzarbligi  hamda  talabalarni kasbga  to‘g‘ri  yo‘naltirish  uchun  zarur  bo‘lgan  maslahatlarni  berdilar. Xamda hozirgi kundagi dolzarb muammoli vaziyatlar  haqida talabalarga ma’lumotlar  keltirdilar. So‘ng toksikologik kimyo  kafedrasi mudiri  dots. Usmanalieva Z.U. o‘z ma’ruzasini  boshladi. Ma’ruza mavzusi “Metil, etil, amil spirtlari  va  etilenglikol, ularning  toksikologik ahamiyati.Kimyoviy tahlil  usullari.Spirtlarni  gaz  suyuqlik  xromatografik  usulda  sifat  va  miqdoriy  tahlili” bo‘lib, ma’ruza so‘ngida  talabalar  fikri bilan  o‘rtoqlashildi  va tegishli hulosalar  chiqarildi.

     

 Toksikologik  kimyo  kafedrasi