Toksikologik kimyo kafedrasida bo`lib o`tgan ochiq ma`ruza hisoboti

10.09.2019, 15:22 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1756

10.09.2019-yil  soat  10.00 da 158-xonada (1-bino) 4-bosqich 403a, 403b, 404a, 404 – guruh (2o-qim)  talabalariga  “Sud toksikologiyasi” fanidan Toksikologik kimyo kafedrasi  dotsenti Z.O`.Usmanaliyevaning “Metil, etil, amil spirtlari  va  etilenglikol, ularning  toksikologik ahamiyati.Kimyoviy tahlil  usullari.Spirtlarni  gaz  suyuqlik  xromatografik  usulda  sifat  va  miqdoriy  tahlili” mavzusi  bo`yicha  ochiq  ma`ruzasi  bo`lib o`tdi.

Ma`ruza o`z vaqtida boshlanib, zamonaviy pedogogik va axborot tehnologiyalari asosida bo`lib o`tdi. Talabalar e`tiborini jalb etish va  talabalar bilimini jonlantirish maqsadida tarqatma materiallardan foydalanildi. Ma`ruzada rejaga asosan ko`riladigan savollar hamkorlikda o`qitish, munozara tehnologiyalari usulida olib borildi. Ochiq ma`ruzaga tashqi ekspert O`zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi qoshidagi X.Sulaymonova nomli Respublika Sud ekspertiza markazi bosh eksperti farm.f.n. N.SH.Xalilova tashrif buyurdi. Ma`ruza munozarali tarzda davom etdi.

     

Toksikologik kimyo kafedrasi