Farmatsevtik kimyo kafedrasida soha mutaxassisi bilan o‘tkazilgan uchrashuv

10.09.2019, 15:11 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1626

7-sentabr 2019-yil soat 1200 da farmatsevtik kimyo kafedrasi xodimlari tomonidan 3-bosqich 4-oqim talabalariga sohaning yetuk mutaxassisi, Dori vositalari, tibbiyot buyumlari va  tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi Davlat markazi DUK xodimi, Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlash laboratoriyasi mudiri f.f.n. Gulchehra Erkinovna Boltaboeva bilan Farmatsevtika sohasida erishgan yutuqlari, shuningdek talabalarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

     

Uchrashuvda barcha 3 kurch 4-oqim talabalari va kafedra professor – o‘qituvchilari ishtirok etdi.

     

Suhbat jarayonida Gulchehra Erkinovna, Sog‘liqni Saqlash Vazirligi Dori vositalari, tibbiyot buyumlari va  tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi Davlat markazi DUK ni tashkil topgani, ………. u yerdagi barcha xodimlar Farmatsevtika institutini tomomlagan yetuk mutaxassisligi, shuningdek Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan va chetdan kirib kelayotgan xar xil turdagi dori vositalarini sifatini nazorat qilib standartlab, aholi iste’moli uchun yetkazib berilayotganligi to‘g‘risida gapirdi. O‘zi boshqarib turgan laboratoriyada zamon talabiga javob beradigan zamonaviy tahlil usullari mujassam bo‘lib, barcha turdagi dori vositalarini institutni tomomlagan ximik analitik bo‘lib ishlayotgan yosh kadrlar tahlilini amalga oshiradi. Suhbat davomida talabalar ayrim qalbaki sifatsiz dori vositalarini amaliyotda ko‘plab uchrashi, u kabi dori vositalarini tahlilini amalga oshirish bo‘yicha, o‘zlarini qiziqtirgan bir qancha savollar bilan o‘rtoqlashdilar.

Kafedra mudiri, dotsent: X.Q. Olimov