Institut psixologi  hamda yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i 1 – bosqich talabalari bilan uchrashuv tashkil etdi

10.09.2019, 14:34 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1698

Ma’lumki, yoshlarga ta’lim – tarbiya berish, ularni kelajakda o‘z sohasining yetuk mutaxassislari etib tarbiyalashda ta’lim muassasalarining o‘rni sezilarli darajada. Bu yil Toshkent farmatsevtika institutiga ham 1 kurs talabalari qabul qilindi. Ularni institut faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlardan va yangiliklardan xabardor qilish maqsadida bir qator targ‘ibot ishlari yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, 2019-yil 9-sentabr kuni institut psixologi Muxlisa Boymanova hamda yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Nigora Ashurova boshchiligida 1 – bosqich talabalari o‘rtasida “Psixologik xizmatlardan foydalanish madaniyati” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Suhbat jarayonida psixologik xizmatning o‘ziga xos xususiyatlari, afzalliklari, yoshlar ma’naviy dunyoqarashini rivojlanish tendensiyalari xususida targ‘ibot ishlari olib borildi. Suhbat jarayonida talabalar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildi va berilgan savollarga soha mutaxassisi javob berdi.

     

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova