Xalq ta’limi tizimini tubdan isloh qilish, maktablarda ta’lim sifatini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar

09.09.2019, 21:06 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1962

Xalq ta’limi tizimini tubdan isloh qilish, maktablarda ta’lim sifatini oshirish, pedagog-o’qituvchilarni salohiyatini oshirish,moddiy-texnik holatini yaxshilash maqsadida Respublika miqyosida ishchi guruh tuzilgan bo’lib, ushbu ishchi guruh tarkibida Toshkent farmatsevtika instituti rektori,professor I.I.Alimdjanov,kafedra mudiri,professor V.Xaydarov,professor B.Sultonov,dotsent B.Abduraxmonov va assistent O’.Yunusovlar Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumanidagi maktablarni o’rganishda faol ishtirok etmoqdalar.Tumanda 59 ta maktab mavjud bo’lib,har kuni maktablarga tashrif buyurilib,u yerda pedagog-o’qituvchilar bilan ta’lim sifatini oshirish bo’yicha suhbatlar o’tkazilmoqda.Ularning taklif va mulohazalari tinglanmoqda. Hamda 10-11 sinf o’quvchilari bilan kasbga yo’naltirishga qaratilgan muloqotlar olib borilmoqda.O’quvchi-yoshlarni bilim darajasi,davomati va ma’naviy saviyasi o’rganilmoqda.Aniq tavsiyalar va amaliy yordamlar berib borilmoqda.

     

     

     

     

     

     

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova