“Yaponiyadagi talabalik hayoti” ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.

06.09.2019, 15:12 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2304

Toshkent farmatsevtika instituti Biotexnologiya yo‘nalishi bitiruvchisi, hozirgi kunda Yaponiya davlatining Toyo Universiteti Magistratura yo‘nalishi 2 bosqich talabasi Shukurov Ibroximjon Olimovich Biotexnologiya  va DVSSM kafedrasi tomonidan taklif etildi. 2019 yil 4 sentabr kuni 13:00 da institutimizning katta faollar zalida Shukurov Ibroximjon Olimovich tomonidan  tayyorlangan “Yaponiyada talabalik hayoti” ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzada universitetdagi o‘quv jarayoni, talabalar tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar haqida ma’lumot berdi. Ma’ruzada Biotexnologiya va DVSSM kafedrasi  professor o‘qituvchilari hamda 1-2-kurs talabalariqatnashdilar. Ma’ruzadan so‘ng, talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollari bilan murojat qildilar. Ma’ruza qiziqarli savol-javoblar bilan o‘tdi.

     

     

Kafedra mudiri: Zoirova X.T