Institutda mustaqillik darslari o‘tkazildi

04.09.2019, 14:18 Yangiliklar 2302

Institutda mustaqillik darslari o‘tkazildi

     2019 yil 4 sentabr kuni Toshkent farmatsevtika instituti rektori Alimdjanov Ibrohim Inamovich 1-kurs talabalari o‘rtasida  mustaqillik darslarini  olib bordi.

  Jonajon Vatanimiz – O‘zbekiston Respublikasi  o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgani va mustaqil taraqqiyot yo‘lini boshlaganiga 28 yil to‘ldi. Istiqlol el-yurtimiz uchun o‘z taqdirining haqiqiy egasi bo‘lib, qadr-qimmatini anglab, munosib hayot kechirish, yurtimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish imkoniyatini yaratdi. Ayni paytda u har bir odamning iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda iste’dod va qobiliyatini to‘la namoyon etishi, huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishining mustahkam zaminidir. Mustaqillik yillarida ko‘hna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklandi. Bugungi kunda mehr-oqibat, bag‘rikenglik hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi yuragimizning tub-tubidan o‘rin olgani g‘aqida atib o‘tdi. Shuningdek barcha talabalar uchun institut professor-o‘qituvchilari tomonidan ham mustaqillik darslari olib borilmoqda.

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova