O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yillik bayrami munosabati bilan Toshkent farmatsevtika instituti rektorining tabrigi

01.09.2019, 00:02 Без рубрики 2023

Hurmatli institut jamoasi va talabalari! Mana bugun ona Vatanimiz, jonajon O’zbekistonimizning mustaqilligiga ham 28 yil to’lmoqda.
Ushbu bayram munosabati bilan yurtimizning barcha joylarida, tashkilot va muassasalarida bayram shukuhi urmoqda.
Mustaqillik biz uchun hayotimizning ma’no-mazmunini butunlay o‘zgartirgan, tariximizda yangi sahifa ochgan buyuk voqea bo‘lib, Vatanimizni, xalqimizni eski mustabid tizim kishanlaridan ozod qilgani, milliy demokratik davlat qurish, barcha mamlakatlar va xalqlar bilan teng bo‘lib, farovon hayot barpo etish yo‘lini ochib bergani bilan qadrli va mo‘tabardir!”
Shu munosabat bilan sizlarni Istiqlol bayramining 28 yilligi munosabati bilan qutlayman. Barchangizga oilaviy baxt-saodat, mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizga fayz-u baraka, Vatanimiz istiqboli yo‘lidagi ishlaringizda ulkan omadlar tilayman. Mustaqillik shodiyonalari muborak bo‘lsin, aziz do‘stlar!.

Hurmat  bilan, Toshkent farmatsevtika instituti rektori Alimdjanov Ibrohim Inamovich.