Institutda rekonstruktsiya ishlari davom etmoqda
Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy ta’lim tizimini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Hududlarda yangi oliy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, kadrlar tayyorlashning zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari va oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarining oshirilishi mazkur yo‘nalishdagi muhim islohotlar hisoblanadi. Shu o’rinda Toshkent farmatsevtika instituti va Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universiteti bilan hamkorlikda ochilgan qo‘shma fakultet ham so‘zimiz dalilidir. Bu yoshlar uchun yaratilgan yana bir imkoniyat. Bugungi kunda institutda talabalar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida institutda keng qamrovdagi qurilish ishlari davom etmoqda. Institut hududida joylashgan futbol maydonchasi ko‘chirilib, talabalar uchun shinamgina dam olish maydonchasi barpo etildi. Hozirda mazkur maydonda obodonlashtirish ishlari yakunlanib o‘rindiqlar barpo etilmoqda. Ushbu olib borilayotgan barcha ishlar talabalarning sifatli ta’lim olishlari hamda bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlariga qaratilgan.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova