Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik yuzasidan institut rektori yig‘ilish  tashkil etdi

21.08.2019, 16:41 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2122

2019 yil 21 avgustda Toshkent farmatsevtika instituti rektori tomonidan rahbar hodimlar, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilishida institut rektori I.I.Alimdjanov tomonidan ishlab chiqilgan “Yangi 2019-2020 o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari bo‘yicha bajarilishi zarur bo‘lgan ustuvor vazifalar” yuzasidan ma’ruzasi tinglandi. Ma’ruzada rektorat ishtirokchilariga tegishli topshiriqlar berildi. Ko‘proq ilmiy maqolalar tayyorlab, ularni ilmiy jurnallarda chop etish zarurligi xususida so‘z yuritib, o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor Z.A.Yuldashevga va qatnashchilarga tegishli vazifalar yuklatildi.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova