Hashar elga yarashar

18.08.2019, 15:20 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2363

Ma’lumki joriy yilning 17-18 avgust kunlari O’zbekistonda umumxalq xayriya hashari o’tkazilmoqda.Hasharda xalqimizga xos bag’rikenglik, o’zaro hamjihatlik, umumxalq bayrami oldidan mahallalar, ko’chalar va aholi turar joylarini obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshiriladi.Xalqimiz azaldan birlashib, qo’lini qo’liga berib katta bunyodkorlik ishlarini amalga oshirganlar. Bu anana Toshkent farmatsevtika institutida ham 2019 yilning 17-18 avgust kunida davom ettirildi. 18- avgust kuni institut xodimlari, professor- o’qituvchilari umumxalq xasharida faol qatnashdilar. Institutda rekonstruktsiya ishlari davom etayotganinga qaramasdan institut hududi ortiqcha chiqindilardan tozalandi, darxtlar oqlandi. Yangi o’quv yili uchun barcha o’quv xonalari saramjon holatga keltirildi. Mazkur obodonlashtirish ishlari milliy qadriyatlarimiz, inson va uning manfaatlari beqiyos ahamiyatga ega ekanligini yana bir bor namoyon etmoqda.

     

     

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova