Barcha oliy ta’lim muassasalari tarbiyachi- pedagoglari uchun o‘quv seminari tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 – yil 12 – avgustdagi 87-04-1506-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 – yil 14-17 – avgust kunlari tarbiyachi-pedagoglar uchun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida o‘tkazilayotgan o‘quv seminarida Toshkent farmatsevtika instituti pedagogi N.Yusupovaning ishtiroki ta’minlandi. Seminarning 1 kunida tarbiyachi pedagogning vazifalari, faoliyati, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5ta muhim tashabbus yuzasidan ma’ruzalar o’qildi. Seminarning 2 – kuni tongda barcha seminar qatnashchilari uchun badantarbiya mashqlari tashkil etildi. Shuningdek kun davomida OTM pedagoglarining tarixiy qadamjolar va muzeylarga tashrifi amalga oshirildi.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova