Barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bilan tabriklaymiz!

11.08.2019, 16:07 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1924

Hurmatli Toshkent farmatsevtika instituti jamoasi hamda aziz yurtdoshlar! Sizlarni, yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Qurbon hayiti munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Bu qutlug‘ ayyomda hammamiz, avvalo, shunday fayzli va barokatli kunlarga yetkazgani uchun Olloh taologa cheksiz shukronalar aytamiz. Sizlarga sog‘lik, salomatlik, oilangizga tinchlik-totuvlik tilab qolaman, ushbu muqaddas kunda barcha ezgu amallaringiz, xayrli, saxovatli ishlaringizni Olloh ijobat qilsin! Xonadoningizga fayz, dasturxoningizga baraka, el-yurt ravnaqi, kelajak avlod tarbiyasi, ta’lim dargohimiz nufuzi borasidagi fidokorona faoliyatingizga omadlar yor bo‘lsin!

Barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bilan yana bir bor tabriklayman.

Toshkent farmatsevtika instituti rektori I.I.Alimdjanov